Assalomu aleykum!
Меню сайта

studiyamiz

alize las lai

savol/вопрос?
Bizning saytimizni baholang/оцените наш сайт?
Всего ответов: 31

К-рии р-ла/bo'lim
Самые лучшие фильмы [34]
Узбекиские фильмы [95]
Идийские фильмы [65]
Документальный фильм [1]
Русские фильмы [11]
Фильмы европы [7]
властелин колец [2]
kinolar/фильмы [35]
исторический [1]
мультфильм [21]
Мелодрама [2]
Комедия [25]
Ужасы [4]
seriallar/сериалы [8]
Долина волков [2]
Концерты [16]
Юмористы [27]
Узбекиские клипы [98]
Турецкие клипы [11]
Арабские клипы [3]
Евро клипы [1]
Клипы мира [10]
+100500 [0]
Клипы [45]
Новости техникии [3]
Квн,кривое зер,квз [15]
yangiliklar/новости [10]
Планета земля [1]
Скачать мP3 [0]
Приколы [9]
Спорт [5]
Политика_siyosat [2]
Разное_har hil [6]
hi-fi,wi-fi,watch [6]
nasha russia [3]
treylr [15]
Статья [0]
Образование [0]
Boshqa artislar [8]
Bolalar hayoti [0]
Дима Билан [0]
kadr ortida [0]
Turkcha [1]
Максим [0]
Виагра [1]
Bojalar [1]
Николай Басков [1]
Ziyoda [0]
Sardor Rahimhon [0]
Ozodbek Nazrbekov [3]
Yulduz Uzmonova [3]
Неизвестно_nomalum [0]
www.uzkinolar.ucoz.com [10]
ochiq videolar
Технология_tehnologiya [1]

рождение сайта ...

Youtube

Мини-чат/chat

С-ка/statistika

Онлайн всего/hozir saytda: 1
Гостей/mehmonlar: 1
Пользователей/foydalanuvchilar: 0

Sami yusuf

сами юсов/ sami yu

yangilik/информа..

сами юсов/sami yus

Tarkan op

Ibrahim Tatlises -

İbrahim Tatlıses -

shahzoda/шахзода

O.Nazarbekov

SHAHZODA - ЛЮБЛЮ Т

поиск/topish

Виа Гра - Emancipa

stroy

Qidiruv

Краски - Сегодня к

immosic

Главная » www.uzkinolar.ucoz.com
1 2 »
Diqqat!!! uzkinolar.ucoz.com sayti endi ya'ni 2012 yil 11 yanvardan .Ochiq videolar saytda o'rnatiladi !!!.
Rasimlarsiz ,lekin, faqat
ma'lumotlar 
rasimlar bilan o'rnatiladi !!!.

Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 809 | Добавил: 21-vek | Дата: 11.01.2012 | Комментарии (0)



Saytimizda ochiq 
Videolar!!! 
top 7-ta videoga yaqin 
Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 1271 | Добавил: 21-vek | Дата: 11.01.2012 | Комментарии (1)

Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 776 | Добавил: 21-vek | Дата: 10.01.2012 | Комментарии (0)

Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 609 | Добавил: 21-vek | Дата: 10.01.2012 | Комментарии (0)

24-день работы нашего сайта ! Добро пожаловать на наш сайт . 24-kun bo'ldi bizning saytimizga huush kelibsiz
Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 657 | Добавил: 21-vek | Дата: 24.10.2011 | Комментарии (0)

Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 546 | Добавил: 21-vek | Дата: 20.10.2011 | Комментарии (0)

Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 769 | Добавил: 21-vek | Дата: 16.10.2011 | Комментарии (0)


70 YILLIK YUBILEYING MUBORAK BO`LSIN OLIYGOHIM ! l-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti 1992 yil fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, sobiq Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil topdi. Bu dargoh Xorazmdagi yuqori ma'lumotli muallimlar tayyorlaydigan eng yirik va keksa ilm maskanlaridan bo'lib, 60 yildirki, Xorazm viloyati, shuningdek, qo'shni Turkmanistonning Toshxovuz viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasiga malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda. Ma'lumki, Xorazm qadimiy o'lkalardan bo'lib, bu erda fan va madaniyat yuksak rivojlangan. U jaxonga Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Az-Zamaxshariy, Chag'miniy kabi buyuk olimlarni, Najmiddin Kubro, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Paxlavon Mahmud, Munis, Ogahiy, Bayoniy kabi faylasuf shoirlarni, Madraxim Sheroziy, Xojixon Boltaev va Komiljon Otaniyozov kabi mashxur san'atkorlarni etkazib berdi. "Bundan ming yilcha muqaddam Xorazmda tashkil topgan Ma'mun akademiyasining shuxrati G'arb va Sharqda xozirgacha saqlanib kelyapti. Faqat inqilob arafasida sobiq Xiva xonligi hududida 1500 dan ortiq diniy maktablar, 130 ga yaqin madrasalar faoliyat ko'rsatgan. Diniy maktablarda 45 ming o'quvchi, madrasalarda esa 9,5 mingdan ortiq talaba diniy va dunyoviy fanlardan ta'lim olganlar. Ular o'sha vaqtlarda yoshlarni diniy e'tiqod va milliy kadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Biroq ana shu maktabu-madrasalar xonlikning sal kam bir millionga yaqin aholisini ma'rifatli qilish uchun etarli emas edi. Bundan tashqari, ana shu bilim yurtlarida o'sha vaqtda, asosan diniy ta'lim berilar edi. 1920 yil 2 fevralda Xivada xonlik xokimiyati ag'darilib, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi karor topdi. Shu munosabat bilan yangi demokratiyani tuzum, yangi tipdagi xalqchil maorif va madaniyat muassasalari barpo etish xarakati jadallashib ketdi. Shaxar va qishloqlarda ko'plab yangi maktablar, klub va kutubxonalar ishga tushdi. Darxaqiqat, o'sha yillarda Xorazm Respublikasi malakali, ma'lumotli maorif va madaniyat xodimlariga ko'proq muxtoj bo'lib qolgan edi. 1920 yilda Xiva, Urganch shaxarlarida muallimlar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar ish boshladi. 1921 yilning sentyabrida Xalq Universiteti ochildi. 1922 yil iyulida esa Xivada muallimlar tayyorlaydigan pedagogika texnikumi tashkil etildi. 30-yillar o'rtasida Xorazm viloyat maktablariga ham boshlangich umumiy ta'limdan to'liqsiz o'rta va o'rta ta'limga o'tila boshladi. Bu, o'z navbatida, yuqori ma'lumotli o'qituvchi kadrlarga bo'lgan talabni yanada oshirdi. Shunday qilib, bu vaqtga kelib, Xorazmda yuqori ma'lumotli muallimlar tayyorlovchi oliy o'kuv yurtini tashkil etish zaruriyati to'gildi. 1933 yil oktyabr oyi oxirida Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Xalq Komissarligining majlisi bo'lib, unda "Xorazm okrugida xo'jalik va madaniy kurilish xakida"gi masala muxokama etildi. Majlisda Xorazm viloyatida muallimlar tayyorlaydigan oliygoxni ochish zarurligi xakida karor qabul qilindi. Ana shu karorga muvofik, 1934 yilning sentyabrida Buxoro pedagogika instituti koshida xorazmlik yoshlar uchun maxsus bo'lim ochildi. SHu yili xorazmlik yoshlardan 24 nafar talaba fizika-matematika ixtisosligi bo'yicha o'kishga qabul qilindi. Ammo bu etarli emasdi. Xorazm viloyati ijroko'mi Respublika xukumatidan o'qituvchilar tayyorlash institutini Xorazmning o'zida ochishga ruxsat berishni iltimos qildi. Respublika xukumati bu iltimosni inobatga oldi va 1935 yilning iyulida Buxoro instituti koshidagi bo'lim Urganch shaxriga ko'chirildi. SHunday qilib, Xorazm (Urganch) o'qituvchilar tayyorlash institutiga asos solindi. Xorazm o'qituvchilar tayyorlash institutining barpo etilishi viloyatning madaniy xayotida katta vokea bo'ldi. Buxorodan kelgan talabalar institutning 2-kursiga qabul qilindilar. Ularning tarkibi Xiva pedtexnikumi va Urganch pedrabfaki talabalari xisobiga to'ldirildi, 1935 yilda Xorazm o'qituvchilar tayyorlash institutiga qabul e'lon qilindi. Institut koshida abiturientlar tayyorlaydigan maxsus tayyorlov guruhi ham ochildi. O'sha vaqtda institutda 2 ta, ya'ni fizika-matematika va o'zbek tili va adabiyoti kulliyotlari tashkil etildi. Talabalar soni 64 kishidan iborat bo'lib, ularning barchasi erli millat farzandlari edi. Dastlabki yillari institutning o'kuv moddiy bazasi talabga javob bermas, o'qituvchilar soni ham ko'p emas edi. Xozirgi Urganch shaxar xokimiyati yaqinidagi eski bino Sardorboyning uy-xovlisi institutning o'kish binosi hamda talabalar va o'qituvchilar uchun yotokxona vazifasini bajardi. Institutning ikkita kafedrasida unga yaqin o'qituvchilar yoshlarga ta'lim berdilar. Xorazm O'qituvchilar tayyorlash instituti ish boshlagan dastlabki kundanok Nizom Mavaev direktor, Ivan Burov esa o'kuv va ilmiy ishlar bo'yicha muovin qilib tayinlangan edi. Ular 40-yillargacha ana shu lavozimda xizmat qildilar. Respublika xukumati Xorazm O'qituvchilar institutining moddiy bazasini mustaxkamlash va professor-O'qituvchilar tarkibini sifat jixatidan yaxshilash uchun gamxo'rlik ko'rsatdi. 1939 yilda Urganch shaxrining janubi-sharkiy tomonida yangi loyixa asosida institutning ko'shkavatli binosi kurildi. Bino yaxshi jixozlangan, keng, yorug O'kuv xonalariga, kabinetlari va laboratoriyalariga ega edi. 1939 yil 9 sentyabrda Urganchda institut yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Respublika Xalq ta'limi vazirligidan hamda maxalliy tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi. Respublika xukumati va Xalq ta'limi vazirligi Xorazm o'qituvchilar tayyorlash institutiga yaqindan yordam berdi. Unga O'zDU, SAMGU, Buxoro va Fargona oliygoxlaridan tajribali o'qituvchilar yuborildi. 1938-39 o'quv yilida institutdagi professor-o'qituvchilar soni 20 nafardan ortdi. O'sha yillarda ko'plab o'qituvchilar bu erda mehnat qildilar. Ulardan Otajon Yovbosarov O'zDUni muvaffaqiyatli tamomlab, shu institutda 30 yildan ziyod matematikadan dars berdi. Niyozmat Otajonov o'zbek tili va adabiyotidan, Murod Bektoshev pedagogika va psixologiyadan, P.Burov fizikadan, B.Ruematov va A.Raxmonov tarih va jamiyatshunoslikdan, M.Elkiboeva va A.Karimov fizika-matematika, X.Qodirov, L.Xo'jaev, Z.K.Uliev, K.Solix.ov ximiya, matematika va ijtimoiy fanlardan, N.Skidon esa rus tili va adabiyotidan ta'lim berdilar. 1938 yildan boshlab institutda yana bir fakultet rus tili va adabiyoti kulliyoti tashkil etildi. 1936 yil yozida institut o'zining dastlabki qaldirgochlarini hayot qo'yniga yo'lladi. Shu yili fizika-matematika kulliyotining 12 nafar talabasi institutni muvaffaqiyatli tamomladi. 1937 yilda yana 21 nafar talaba o'zbek tili va adabiyoti kulliyotini bitirib chiqdi. Shunday qilib, institut viloyat maktablariga xar yili o'nlab malakali pedagoglar yetkazib bera boshladi. Xorazm o'qituvchilar tayyorlash institutini birinchilar qatorida muvaffaqiyatli tamomlab, o'qituvchi degan sharafli nomga muyassar bo'lganlar orasida Jabborov, S.Abdiev, Masharipov, G'affor Niyozov, Bori Yanishev, Madrim Qilichev, Oyimjon Bobojonova, Normat Nurillaev, T.Razzokov, F.Xayitboev, Nuriddin Qalandarov, Otabek Sobirov, Ismoil Abdullaev va boshqalarning nomlari bor. Ular viloyat xalq maorifining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar. Urush arafasida institutning o'quv moddiy bazasi ancha mustaxkamlandi. Professor-o'qituvchilarning tarkibi ham yaxshilandi. O'qituvchi va talabalar orasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanuvchilar safi kengaydi. Institutda ilmiy nazariy konferensiyalar muntazam o'tkaziladigan bo'ldi. Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga tayyorgarlik ishlarida institutdan Lochin Xasanov va boshqa o'qituvchilar viloyat yubiley komissiyasi ishlarida faol ishtirok qildilar. Ularning tashabbusi bilan ulug' shoir va uning Xorazmdagi zamondoshlarining juda ko'p kulyozma asarlari to'plandi. qo'lyozmalarning bir qismini shu institut kutubxonasi fondida xatto 60-yillarda ham uchratish mumkin edi. Urush arafasida talabalar soni yildan-yilga ko'paydi. 1939-40 o'quv yilida institutga o'qishga qabul qilingan talabalar soni 150 nafardan oshdi. Shu yili institutni 71 talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Umuman, 1936-40 yillar mobaynida Xorazm davlat o'qituvchilar tayyorlash institutini uchala kulliyot bo'yicha jami 238 nafar kishi muvaffaqiyatli tamomlab, viloyat maktablarida ishlashga yo'llanma oldilar. Ularning 87,7 foyizi turli millat vakillari edi. OLIYGOX URUSH YILLARIDA 1941 -1945 yillarda fashizmga qarshi olib borilgan urush davrida hamma narsa mamlakat mudofaasi uchun kurashga safarbar etildi. "Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alaba uchun!" shiori xar bir odamning dasturil-amaliga aylandi. Urush munosabati bilan Xorazm davlat o'qituvchilar instituti xayotida ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Urushning birinchi kuniyok institutda miting bo'lib o'tdi. Urushning dastlabki kunlaridanok bir guruh o'qituvchilar, talabalar va ishchi-xizmatchilar hamma qatori o'zlarining Vatan oldidagi muqaddas burchini bajo keltirish uchun frontga jo'unadilar. Ular frontning turli jabxalarida dushman bilan jang qildilar. Fashizm ustidan erishilgan g'alabaga 50 yildan oshgan kunlarda ularning nomlarini xurmat bilan esga olish biz uchun muqaddas vazifadir. Institutdan jangga otlanganlar orasida N.Otajonov, G.Solixov, Lochin Xasanov, B.Ro'zmatov, Sh.Sharipov, V.Karimov, K.Solixov, A.Qoriev, Sh.Lavtanov, N.Abdiev, N.G'aniev, N.Kamolov, M.Qurbonov, Javoronkov, Tarasov kabi o'qituvchilarga yurtimizga esonomon qaytib kelish nasib etmadi. Urush munosabati bilan institutning ish uslubi, o'quv dasturi, ta'lim-tarbiyaviy ishlarida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Institutda yangi kafedralar ochildi. Fizika-matematika, ximiya mashg'ulotlarida xarbiy strategiyaga va xarbiy texnikaga aloqador bo'lgan mavzular kengaytirildi. Tarix, o'zbek tili, rus adabiyoti fanlarida esa eshlarni vatanparvarlik va jangovarlik ruxida tarbiyalashga e'tibor kuchaytirildi. Yangi tashkil etilgan xarbiy ta'lim kafedrasi talabalarni boshlang'ich xarbiy tayorgarlikdan o'tkazishdek muhim vazifani amalga oshirdi. Ma'lumki, urush yillarida viloyat maktablarida muallimlar soni juda kamayib qolgan edi. O'sha davrda institut jamoasi oldida yana bir mas'uliyatli vazifa paydo bo'ldi. Tezkor va qiska muddatli kurslar ochib, maktabga ko'plab o'qituvchi kadrlar tayorlab berish zarur bo'lib qoldi. Shuni hisobga olib, 1942-1944 yillarda institut qoshida tarix, geografiya va fizika-matematika muallimlari tayyorlovchi bir yillik o'quv kurslari ish olib bordi. Unga urush nogironi Abdulla Salavatov raxbar qilib tayinlandi. Bu kurslarda viloyat maktablariga 150 nafarga yaqin o'qituvchi kadrlar tayerlab berildi. Bundan tashqari institutning 1-kurslarida o'qish uchun talabalar tayorlab beradigan 6 oylik va 1 yillik maxsus tayyorlov guruhlari ham ochildi. Ularga viloyat maktablarining 8-9-sinflarini tamomlagan qobiliyatli o'quvchilar jalb qilindi. Tayyorlov guruhlarini muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar institutning 1-kurslariga imtixonsiz qabul qilindi. Bunday guruhlar urushning so'nggi yillarigacha faoliyat ko'rsatdi. Urush yillari institut professor-o'qituvchilari va talabalar uchun ham og'ir, mashaqqatli kechdi. Bu davrda institutning xo'jalik va madaniy maishiy axvoli juda ham og'irlashib qoldi.O'kish va yashash uchun stol, stul, karavot va ko'rpa-to'shak etishmas edi. Daftar va qogoz yo'qligidan talabalar konspekt yozishda eski gazeta, kitob va idora blankalaridan, foydalanishga majbur edilar. Talabalarga moddiy yordam ham etarli emasdi. 400 gr non va 2 mahal beriladigan suyuk ovqat ularning kundalik normasi edi. Oyiga 240 so'mlik miqdorida stipendiya tulanardi. Bunga o'sha vaqtda 3 kg jo'xori yoki 2 kg bug'doy olish mumkin edi xolos. Kartoshka va ajratilgan non esa hammaga etishmasdi. Urush yillarida institutga ajoyib tashkilotchi raxbarlar boshchilik qildilar. Ayupov, Qosimov, M.Qurbonniyozov direktorlik vazifasida, A.Magazinnik, L.Afanasev va Grinko esa o'quv va ilmiy ishlar bo'yicha direktor muovini lavozimida ishlardilar. Sharoitning barcha qiyinchiliklariga qaramay, talabalarga fan asoslarini o'rgatishda, ularni tarbiyalashda o'qituvchilardan O.Yovbosarov, M.Qurbonniyozov, T.Sharipov, A.Salavatov, X.Siddiqov, Shayxislomov, T.Ahmedov, R.Bekinov, B.Yanvshev, F.Isxoqova, R.Boltacheva, F.Sadriddinova, F.Raximboeva, Soliqov kabilarning xizmatlari katta bo'ldi. Ularning ko'uplari urushdan nogiron bo'lib qaytgan, hayot sinovlarida boy tajriba orttirgan murabbiylar edi. Urush davri mamlakatda millat va elatlar hamdo'stligi uchun ham sinov yillari bo'ldi. Respublikamiz dushman tomonidan vaqtincha bosib olingan joylardan ko'chirib kelingan ming-minglab kishilar uchun o'z bag'ridan joy berdi. Urush davrida markaziy rayonlardan yurtimizga bir milliondan ortiq axoli ko'chirildi. Boshpana olganlardan 200 mingdan ortig'i yosh bolalar edi. Shundan Xorazm viloyatiga kelganlar orasida injener-texniklar, o'qituvchilar, vrachlar va boshqa kasb egalari bor edi. Ularning bir qismi Xorazm davlat o'qituvchilar instituti jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi. Talabalar orasida rus tilini mukammal biladiganlar kam bo'lganligidan leksiya va amaliy mashg'ulotlar tarjimonlar yordamida olib borildi. O'sha yillarda institutga markaziy rayon o'qituvchilaridan A.Afanasev, A.Magazinnik, E.A.Shtraus, Grinko, I.Starsev, R.Boltacheva, Zimbershteyn kabilar ishga yuborildi. Ular mutaxassis kadrlar tayyorlashda va viloyatda xarbiy mudofaa ishlarini tashkil qilishda yaqindan yordam berdilar. O'sha davrning og'ir qiyinchiliklariga qaramay, institutda ta'lim tarbiya ishlari uyushqoqlik bilan o'tkaziladigan bo'lib qoldi. Uning sifat darajasi ham yaxshilandi. Ayni vaqtda, viloyatda malakali maorif xodimlariga bo'lgan talab ham kun sayin oshib borayotgan edi. Shuni xisobga olib, Respublika xukumati Xorazm o'qituvchilar tayyorlash instituti bazasida Xorazm davlat pedagogika institutini tashkil etdi. Unda o'qish muddati 4 yil qilib belgilandi. O'sha yilning 1 sentyabrida pedagogika institutining tarix, o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda fizika-matematika fakultetlarida o'qishlar boshlab yuborildi. Ularga yuzga yaqin talabalar qabul qilindi. Birok, shu bilan birga, institutda to'liqsiz oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash ham 1954 yilgacha davom ettirildi. Shunday qilib, Xorazm davlat pedagogika instituti jamoasi 1941 - 1945 yillar mobaynida viloyat xalq maorifiga jami 400 ga yaqin malakali o'qituvchilar tayyorlab berdi. Xorazm Davlat Pedagogika Instituti tinch qurilish yillarida rush tugaganidan keyin Xorazm viloyatida ham iqtisodiy, sotsial-madaniy xayotni tez orada tiklash va yuqori sur'at bilan rivojlantirish lozim edi. Bu mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirish kunlab mutaxassis kadrlarni talab qilayotgandi. Egnida kulrang shineli va yashil gimnasterkasi bilan institut dargoxlariga kelib qo'shilgan o'qituvchi va talabalar urush daxshatlarini o'z boshlaridan kechirgan, og'ir turmush sinovlaridan o'tgan va boy xayot tajribasini orttirgan kishilar edi. Ular o'zlari bilan institutga yangicha ma'no olib keldilar. Avvalo, ulardagi tartib-intizom, ilmga chankoklik, mas'uliyatni his qilish, kat'iy iroda va prinsipiallik va tashabbuskorlik xislatlari kollektivga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ular urushdan keyingi qiyinchiliklarni bartaraf etishda, kollektivni o'z atrofiga jipslashtirishda ajoyib tashkilotchilik ko'rsatdilar. Tinch xo'jalik qurilishiga o'tish bilan institutning o'quv rejalari va dasturlariga ham ma'lum o'zgarishlar kiritildi.O'quv dasturlariga yangi fanlar qo'shildi, yangi bo'limlar, yangi kafedralar va fakultetlar ochildi. Qabul tartiblari ham takomillashdi. 1945-1946 o'quv yilidan boshlab institutda sirtqi bo'lim ish boshladi. Shu yili sirtqi bo'limga 6 ta ixtisos bo'yicha talaba o'qishga qabul qilindi. Urush faxriysi M.Qurbonniyozov sirtqi bo'limning dastlabki raxbari bo'ldi. 1949-1950 o'quv yilidan boshlab institutda yangi bo'lim, ya'ni geografiya-biologiya bo'limi ochildi. Uning kunduzgi va sirtqi bo'limida 50 talaba ta'lim ola boshladi. Institutda talabalar soni yildan-yilga ko'payib bordi. Agar 1944-1945 o'quv yilida institutda jami 400ga yaqin talaba o'qigan bo'lsa, 1960-1961 o'quv yilida ularning soni 740 nafar kishiga yetdi. O'sha yillarda institutda unta mutaxassis bo'yicha pedagog kadrlar ta'lim-tarbiya berish bilan shug'ullandi. Urushdan keyingi yillarda respublika xalq maorifi vazirligi va institut raxbariyati ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash borasida ayrim tadbirlarni amalga oshirdi. 1946-1953 yillarda Toshkent, Samarkand, Andijon va Buxoro shaharlaridan o'nlab tajribachi pedagoglar xorijga taklif etildi. Ular orasida V.Abdullaev (adabiyotshunos), J.Boboev (faylasuf), Y.Toxiriy (pedagog), N. F.Abdullaev(tilshunos), kabi etuk olimlar maxsus kurslar bo'yicha leksiya, yoshlarga ilmiy raxbarlik qilgan. Shu yillarda Toshkent va Samarkand oliygoxlarini muvaffaqiyatli tamomlagan M.Usmonov YA.Samandarova G.Komilov, P.Zimin, F.Inoyatova, R. Kotokolinkova, A.Andreev, E.Fomina kabi unlab istedodli yoshlar Respublika Xalq ta'limi vazirligi yullanmasi bilan XDPIga ishga keldilar. Ular orasida Xorazmlik fan nomzodlaridan YA.Rajabov, M.Salaeva, G.Xojikurbonova, S.Xujaniyozova kabilar bor edi. Yangi marralar sari 960 yil o'rtalaridan boshlab, mamlakatda bo'lganidek, Xorazm viloyati xalq xo'jaligida ham intensiv rivojlanish yo'liga o'tildi. Hamma soxada ilmiy-texnikaviy yuksalishga aloxida ahamiyat berildi. Xalq xo'jaligida yuz berayotgan bu yangi jarayon mutaxassis kadrlarga bo'lgan talabni oshirdi. Bu esa, o'z navbatida, xalq maorifi tizimida yoshlarga bilim berish va mutaxassislar tayyorlashni tubdan qayta qurish vazifasini kun tartibiga qo'ydi. Maktabning xayot bilan, ta'limning bevosita ishlab chiqarish bilan alokasini mustaxkamlashga qaratilgan tadbirlar bu boradagi eng muxim qadam xisoblanadi. Shu munosabat bilan umumiy ta'lim maktablarida asosiy e'tibor yoshlarni fan-texnika yangiliklaridan baxramand qilishga, ularni mexnatga tayyorlash, kasb-xunar o'rgatishga qaratildi. 1970-1980 yillar XDPI faoliyatiga jiddiy burilish yillari xisoblanadi, eng muximi, o'sha yillarda institutning o'quv moddiy bazasi xukumatning yordami bilan yangilandi va mustaxkamlandi. Bu erda bir qancha yangi bo'limlar, fan kafedralari va fakultetlar tashkil etildi. Jumladan, mavjud kafedralar yoniga qushimcha ravishda boshlangich ta'lim metodikasi, biologiya, kimyo, matematika va elektronika, umumiy texnika fanlari geografiyasi, chet tili, texnik vositalardan foydalanish, grajdan mudofaasi kabi kafedralar kelib ko'shildi . 1967 yildan boshlab, yagona ijtimoiy fan kafedrasi urush davrida uchta yangi kafedra ishlay boshladi. Shuningdek, institutda umumiy texnika fekulteti, tabiatshunoslik, boshlang'ich ta'lim metodikasi (MHO), ijtimoiy kasb fakulteti (FOP), bundan tashqari, maktab raxbarlari malakasini oshirish fakultetlari barpo etildi. Institutning sirtki bo'limi ham kengaydi. Umuman aytganda XDPI o'sha yillarda viloyat xalq xujaligiga 12 ta mutaxassislik bo'yicha yuqori ma'lumotli pedagoglar tayyorlab bera boshladi. Endilikda institutda yettita fakultet, 22 ta fan kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda. 1970-80 yillar institut tarixida ilmiy-pedegog kadrlar tayyorlashda ancha samarali yillar bo'ldi. Institutning professor-o'qituvchilar tarkibi ko'paydi. O'sha davrda institutda 140 dan ortiq. o'qituvchilar mavjud edi. Ulardan 8 kishi fan doktori, 70 o'qituvchi esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega edi. Keyingi 15 yil mobaynida institut xodimlaridan 5 kishi fan doktori va 40 dan ortiq kishi esa fan nomzodi ilmiy darajasini oldilar. O'sha yillarda institutning o'quv moddiy bazasini yangilash borasida katta ishlar qilindi. Respublika xukumati ana shu maqsadda, institutga ko'p miqdorda mablag' ajratdi. Institutning urushdan oldin barpo etilgan eski o'quv binosi va yotoqxonalari keyingi yillarda mutlaqo talabga javob bermay ko'ygandi. Unda o'quv xonalari, fan kabinetlari va laboratoriyalar etishmasdi, o'quv jixozlari esa eskirib qolgandi. Institutda ta'lim-tarbiya ishlarini ikki smenada tashkil etishga to'g'ri kelayotgan edi. 1965 yil sentyabrida XDPI eski binodan shaxarning shimoli-sharqiy qismida ko'rilgan to'rt qavatli yangi joyga ko'chirildi. Qisqa vaqt ichida katta qurilish ishlari amalga oshirildi. 300 o'rinli oshxona, 900 o'rinli zamonaviy uslubda ko'rilgan 3 ta yotoqxona, 300 o'rinli sanatoriya-profilaqtoriya, slesarlik va tokirlik stanoklari bilan jixozlangan o'quv ishlab chiqarish ustaxonasi va boshqa madaniy-maishiy binolar foydalanishga topshirildi. 1990 yilning kuziga kelib, yangi loyixa asosida institutning 1,5 ming talabaga mo'ljallangan o'quv binosi ishga tushirildi. Bu XDPI tarixida muxim voqea bo'ldi. Yoshlarga ta'lim-tarbiya berish uchun barcha qulayliklar yaratildi. Yangi binoda 22 ta fan kabineti, 4 ta laboratoriya, 7 ta lingafon va 2 ta TSO kabinetlari, yopiq o'quv telestudiyasi, fotolaboratoriya hamda 200 ming kitob fondiga ega bo'lgan kutubxona va institut muzeyi tashkil etildi. Ular zamonaviy texnika vositalari, kompyuterlari, EXMlar, televizion apparatlar, lingafon, magnitafon, videomagnitafon, kinoapparat va boshqa yangi o'quv jixozlari bilan ta'minlandi, bularning barchasi institutda leksiya va amaliy mashg'ulotlarning sifatini yaxshilashga, samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Talabalarning mustaqil ishlashlariga imkoniyat yaratildi. Institut moddiy bazasining yaxshilanishi bilan talabalarning soni yil sayin oshib bordi. 1960-61 o'quv yilida institutning kunduzgi va sirtqi bo'limida jami 742 talaba ta'lim olgan bo'lsa, 1980-81 o'quv yiliga kelib, ularning soni 3000 kishidan oshdi. Talabalar 15 millat farzandlari bo'lib, ularning aksariyati erli millat vakillari edi. Bu davrga kelib, institutning maktab bilan aloqasida ham sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Institutning barcha fan kadrlari shaxar va qishloqlarning ma'lum maktablariga birkitildi. Ular maktab o'qituvchilariga ilmiy metodik jixatdan yordam ko'rsatdilar. Masalan, ijtimoiy fanlar kafedralari Urganch va Xiva shaxarlaridagi urta maxsus o'quv yurtlariga, o'zbek va rus filologiyasi, pedagogika, umumiy texnika, matematika kafedralari esa Urganch, Gurlan, Bog'ot, Yangiarik tumani maktablariga maxsus qurslar bo'yicha metodik qo'llanmalar, o'quv dasturlari tayyorlab berishda yordam ko'rsatdilar. Shu bilan birga, maktablarda kasbga yo'naltirish ishlari bilan ham shug'ullanildi. Bu davrdagi yana bir muxim yangilik-yuqori kurs talabalarining pedagogik va dala praktikalari qishloq maktablarida, bevosita jamoa xo'jaliklarida o'tkaziladigan bo'ldi. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustaxkamlash maqsadida talabalar birinchi kursdan boshlab, maktab xayotiga birkitib qo'yiladigan bo'ldi. XDPI bilan viloyat maktab o'qituvchilari malakasini oshirish instituti urtasidagi alokalar ham kuchaydi. Institutning tajribali olimlari va metodist o'quvchilar kurslarda ilmiymetodik temalarda ma'ruzalar bilan qatnashib, maktab o'qituvchilar malakasini oshirishga yordam ko'rsatib keldilar. Institut o'qituvchilar jamoasi iqtidorli o'quvchilarning turli fanlar bo'yicha xar yili o'tkaziladigan shaxar va viloyat olimpiada baxslashuvlarini tashkil etishda faol qatnashdilar. Talabalarga qo'shimcha kasb-xunar o'rgatishga ham e'tibor berildi. Institut qoshida ijtimoiy kasb fakulteti (FOP) faoliyat ko'rsatdi. Bu erda talabalar badiiy to'garak raxbari, targibotchilik, jurnalistlik, kino-mexaniklik, xaydovchilik kasblarini hamda ommaviy siyosiy ishlarni tashkil etish maxoratini egalladilar. XDPI professor-o'qituvchilari ta'lim-tarbiya bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlariga ham juda katta e'tibor berdilar. Keyingi 15 yilda institutda ilmiy tadqiqot ishlari keng yulga qo'yildi. Bu davrda fanning turli soxalariga doyir 10 ta muammo ustida va 70 ga yaqin temalarda ilmiy ishlar olib borildi. 5 ta doktorlik va 40 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilindi. Institut olimlari tomonidan 79 ta monografiya, darslik va metodik qo'llanmalar, 720 ta ilmiy maqola, 10 ta ilmiy to'plam nashrga tayyorlandi. Professor R.Jumaniyozovning O'zbekiston qishloqlarida turmush madaniyati, G.Bilolovning Xorazmda maorif va madaniyat tarixi, P.Matniyozovning O'zbekistonda elektrlashtirish tarixi, A.Sotlikov, X.Abdullaev, M.Matyokubov, K.Eshchonoving Xorezm tarixiga doyir, O.Madraximov, YU.Jumanazarov, T.Yuldoshev, Z.Dusimovning o'zbek tili va Xorazm shevalari masalasiga, X.Abdullaev, S.Ruzimboech, N.Kobulov, U.Sotimovning Xorazm adabiyoti va xalq og'zaki ijodiyoti masalalariga bagishlangan ilmiy tadqiqot ishlariga Respublika ilmiy jamoatchiligi yaxshi baho berdi. Yosh olimlardan A.Dayitboev, K.Navruzov, O.Jumaniyozov va M.Matkarimovning ilmiy ishlari fan soxasida qiziqish uyg'otdi. Institut olimlarining ilmiy ishlari xorijiy davlatlarda ham e'tibor topa boshladi. Jumladan, nemis tili kafedrasi mudiri O.Jumaniyozovning ikkita asari Germaniyada chop etildi. Matematika kafedrasi dotsenti I.Abdullaevning ishlari AQSH ilmiy jamoatchiligi orasida keng o'rganildi. Olimlar Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev, .Novosibirsk, Olmaota, Nukus shaxarlaridagi mutaxassislar, chet ellik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qildilar. Institutda xo'jalik shartnomasi asosida ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ayniqsa, bu borada umumiy texnika kafedrasi o'qituvchilarining o'quv ishlari e'tiborga loyiqdir. Ular viloyat jamoa xo'jaliklari bilan qishloq xo'jaligi texnikalarini takomillashtirish bo'yicha shartnomalar tuzib, so'nngi yillarda bir necha yuz ming so'mlik ish bajardilar. Respublikada taniqli olimlardan akademiklar I.Muminov, Ya.G'ulomov, S.Kamolov, professor X.Inoyatov, F.Abdullaev, O.Sodikov, B.Ismoilov, S.Iskandarov kabilar institutda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga yaqindan yordam ko'rsatdilar. 1992 yilda institut bazasida Al-Xorazmiy nomidagi Urgant Davlat Universiteti tashkil etildi va unga taniqli olim A.Sa'dullaev rektor etib tayinlandi. Bugungi kunda O'zFA akademigi A.Sa'dullaev nomini respublikamizdagina emas, xorijiy ellarda ham yaxshi bilishadi. Professor o'qituvchilarning nazariy bilim darajasining oshishida ilmiy metodologik seminarlar va ilmiynazariy konferendiyalarning ahamiyati kattadir. Kafedralar qoshida tashkil etilgan bunday metodologik seminarlarda fanning dolzarb muammolari muhokama etiladi. Muxim tarixiy voqealarga bagishlangan an'anaviy ilmiy-nazariy konferensiyalar xar yili tashkil qilinib unda institut o'qituvchilari ilmiy ishlaridan axborot berib turadilar. Ayniqsa, Al-Xorazmiy, Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Feruz, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro kabi buyuk siymolar tavalludiga, G'alabaning 50 yilligiga bagishlangan ilmiy nazariy konferensiyalar yuqori saviyada o'tdi. Ilmiy-tadqiqot ishchariga UrDU talabalari ham keng jalb etildi. Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatida mingdan ortiq talabalar ishatirok etdilar. Kafedralar qoshida talabalarning 20 ta ilmiy to'garaklari muntazam ishlab turibdi. Yigirmadan ortiq ana shunday ilmiy to'garaklar mavjud. Institutda muntazam o'tkazilib turilgan talabalar ilmiy konferensiyasida 400 ga yaqin dokladlar tinglandi va muxokama etildi. Ilm maskanida talim-tarbiya va ilmpy tadqiqot ishlari bilan birga, madaniy va sport ishlariga ham juda katta e'tibor beriladi. Universitetning "Feruza" nomli badiiy xavaskorlik to'garagi va vokal cholg'u ansambli bor. Unda 60 ga yaqin talabalar qatnashadilar. Badiiy xavaskorlik to'garagiga respublikada xizmat ko'rsatgan artist Shermat Fayzullaev va dotsent P.Raxmonov raxbarlik qiladilar. Universitetda ommaviy-sport ishlari sohasida ham e'tiborga loyik ishlar qilindi. Xozirgi kunda 13 seksiyani o'ziga birlashtirgan sport klubi muntazam ishlab turibdi. Talabalarni jismoniy jixatdan sog'lomlashtirish maqsadida Yangibozor tumanida institutning sport-sog'lomlashtirish lageri tashkil etilgan. Amudaryo yaqinidagi xushmanzara joyda barpo etilgan va 20 gektardan ortiq maydonni o'z ichiga olgan ana shu sog'lomlashtirish majmuasida talabalarning dam olishi va jismoniy kamol topishi uchun barcha qulayliklar mavjud. Universitet ijtimoiy fan o'qituvchilari, targ'ibotchi va tashkilotchilar tayyorlashda ham faol ishtirok etmoqda. Xorezm tarixiga oid ko'plab yiginlar o'tkazildi. Unda talabalar urush va mexnat faxriylari, fan, san'at arboblari bilan uchrashdilar. Bunday uchrashuvlar universitetda muntazam tashkil etilmoqda. J.Otashev, R.Yusupov, V.Otaboev, J.Qalandarov kabi urush va mexnat faxriylari, Ulug' Vatan urushi qaxramoni S.Nurmatov, xalq artistlaridan Madraxim Yoqubov Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, yozuvchilardan G'afur G'ulom, Komil Yashin, Izzat Sulton, Uyg'un, Erkin Voxidov , Omon Matchon, Erkin Samandarov bilan bo'lgan uchrashuvlar institut o'qituvchilari, talabalari qalbida unitilmas xotira bo'lib qoldi. Bunday yaxshi tadbirlar kelgusida ham davom etadi. Bu dargox Xorazmdagi yuqori ma’lumotli muallimlar tayyorlaydigan eng yirik va keksa ilm maskanlaridan bo`lib, qo`shni Turkmanistonning Toshxovuz viloyati va Qoraqalpogiston Respublikasiga malakali mutaxassislar kadrlar tayyorlab kelmoqda. Xozirgi kunda Universitetda bir qancha professorlar, fan nomzodlari, fan doktorlar ilmga chankok talaba-yoshlarga ta’lib berib kelmokdalar. A. Sotlikov, X. Ibodullayev, S. Ruzimboyev, M. Matyakubov, R. Jumaniyozov, Z. Dusimov shular jumlasidandir. Talaba – yoshlarda Vatanimiz mustaqilligini asrab-avvaylash, milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat-extiromni yuksaltirishga qaratilgan qator muxim tadbirlar, an’anaviy tantanalar, talabalik qasamiyodi, bakalavr va magistr diplomlarini topshirish marosimlari yuqori saviyada o`tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, universitetda sport ishlari yaxshi yo`lga quyilgan. Talabalar 14 ta sport leksiyasida mashgulotlar olib borishadi. Talabalar uyida xam tranajyorlar tashkil topgan. Universitetning 35 ta kafedrasida 50 ga yakin mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Keyingi 3-4 yil ichida axborat texnologiyalaridan o`quv jarayoni va ilmiy – tadkikot ishlarida foydalinishi ancha yaxshi yo`lga qo`yilgan. Universitetimizda Pentium 4 rusimli 532 ta kompyuter mavjud bo`lib, 78 tasi lokal tarmok orqali internetga ulangan. Universitetda ma’ruzalar matnlari elektron versiyasi va elektron qullanmalar yaratish reja asosida tashkil qilinishi va mualliflari moddiy ragbatlantirish natijasida 130 dan ortiq fanlardan ma’ruza matnlari elektron versiyalari ishlab – chiqilgan va universitet serveriga ulangan. Ushbu elektron versiyalaridan 6 tasi multeimediya elementlari, ovoz, video animatsiyalar bilan izoxlangan. Universitetda xozirgi kunda 2 ta Web sayti yaratilib, internetga qo`yilgan. Universitet professor-o`qituvchilari va talabalari ACCELS, IREX, TEMPUS, DAAD va boshqa xorijiy jamgarmalar grantlarni yutib, xorijiy universitetlarda malakalarni oshirib va tajriba almashib kelmoqdalar. Universitetda talaba-yoshlar o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda olib borishda «ma’naviyat kuni» aloxida urin tutadi. Biz iqtidorli talabalar universitetimizning 70 yillik yubley – tuyi bilan barcha professor – o`qituvchilarini, talabalarni chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz. Biz yoshlarga ta’lim-tarbiya berishingizda sizlarga sog`lik-salomatlik va kuch-qudrat tilaymiz. Biz yoshlar bilim va maxoratimizni oshirib ishonchingizni qozonishga o`qishimizni chet ellarda davom ettirib yurtimizga munosib farzand bo`lib etishga va`da beramiz.
Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 1769 | Добавил: 21-vek | Дата: 15.10.2011 | Комментарии (1)

Добро пожаловать в наш сайт, вы можете познокомится с нашем админстратором farux-95@mail.ru;Assalomu alekum bizning saytimiz mehmonlari ,biz sizlarni yaxshi dam  olishingizni istaymiz ,bu satyni ochishdan maqsad:bizning ya'ni mamlakatimiz O'zbekistonimizni yuksaklanishi uchun ham desag mubolag'a bo'lmaydi .O'zbekiston insho olloh birinchi bo'lib kelgan va bo'ladi !!!


Категория: www.uzkinolar.ucoz.com | Просмотров: 565 | Добавил: 21-vek | Дата: 15.10.2011 | Комментарии (0)

1-9 10-10
Bojalar

taklif

kalkulyator

O.Nazarbekov

savol/вопрос/?
Bizning saytimizni baholang/оцените наш сайт?
Всего ответов: 31

O.Nazarbekov jonim

Форма входа/krish

SH.Jo'rayev/farish

Сохранив любовь

G.Mamazoitova

Manzura

Закладки

Сами юсув you came

нервы-глупая

Picasa

secvon

Максим не отдам

SHukrullo.I/kimlar

время

S.Mo'minova/SHar/M

yangilik/информа..

alisher uzoqov

klas

Maksim/максим

Copyright MyCorp © 2024